Bahriddin Zuhriddinov konsertiga chiptalar to‘liq sotildi

Bahriddin Zuhriddinov konsertiga chiptalar to‘liq sotildi
Bahriddin Zuhriddinov konsertiga chiptalar to‘liq sotildi

Xonanda Bahriddin Zuhriddinovning 1-2 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan “Jo‘shqin qalbim sadosi” nomli ilk yakkaxon konsert dasturi uchun muomalaga chiqarilgan chiptalar to‘liq sotildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Ko‘plab muxlislarning talab va istaklariga binoan taqdim qilinayotgan konsert dasturida B.Zuhriddinovning raqsbob, barchani beixtiyor raqsga chorlaydigan qo‘shiqlaridan tashqari, jiddiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega taronalar ham o‘rin olgan. Konsertda, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova va Bojalar guruhining solisti Jahongir Poziljonov mehmon sifatida ishtirok etishi xabar qilindi. Bundan tashqari, comedy.uz rezidentlari ham xizmat ko‘rsatadi. Mazkur konsert dasturi shu vaqtgacha Ozodbek Nazarbekov bilan hamkorlik qilib kelgan Sa’dulla Abdullaevning rejissorligi ostida bo‘lib o‘tadi.

Konsert chiptalari 29 oktyabrda sotib bo‘lindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.