Xonanda Anvar Sobirov akasi og‘ir dardga chalinganini aytib, xalqdan duo so‘radi

Xonanda Anvar Sobirov akasi og‘ir dardga chalinganini aytib, xalqdan duo so‘radi
Xonanda Anvar Sobirov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali akasi betobligini yozib qoldirdi va muxlislariga duo qilishlarini so‘rab yuzlandi.

“Ey, musulmon birodarlarim, oramizda duosi shak-shubhasiz ijobat bo‘lg‘usi birodarlarim bor, bunga imonim komil. Ammo u kim? Bu Yaratgandan o‘zga hech kimga ayon emas, shunday ekan sizdan, iltimos. Sobirovlar sulolasi bugun sizdan ushbu duoga muhtoj. Jonday aziz Murod akam bugun og‘ir dard bilan kurashib turibdi, keling, bir on ixlos ila qiblaga yuzlanib akam uchun duo qilinglar, Yaratgan rahmini solsa ajab emas. Faqat duo, duo, duo, qilinglar, iltimos”.

Anvar Sobirov akasi qanday xastalikka chalingani, nima sababdan ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.