OAV: Jastin Biber va Selena Gomes oila qurishni rejalashtirishyapti

OAV: Jastin Biber va Selena Gomes oila qurishni rejalashtirishyapti
Yulduzli juftlikning o’zaro munosabatlari qayta tiklanishi ularning muxlislarini behad shod etgani yangilik emas. Tahmin qilinayotgan to’y rejasi ham ko’pchilikni qiziqtirmoqda.

Eslatib o’tamiz, Selena o’tgan yilning noyabr oyida Jastin bilan 4 yillik ayriliqdan so’ng “yarashib” olgandi.

Bunday yarashuv yulduzlar oilasi tomonidan turlicha qabul qilindi.

Jastinning onasi ularning yarashuvidan xursand ekanligi aytdi, Selenaning onasi esa 3 yil avval qizining ko’nglini parchalab ketgan Biberni yana uning yonida ko’rishni istamadi.

Ayni paytda OAV Jastin va Selenaning turmush qurishni rejalashtirayotganliklari haqidagi muhokamalarni boshlab yuborgan. Muxlislar esa ularning to’ylarini intiqlik bilan kutishmoqda.

Garchi ushbu ma’lumot hali rasmiy ravishda tasdiqlanmagan bo’lsa ham, muxlislar bunga qattiq umid bildirishyapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.