Oybek va Nigoraning to‘yi 21 noyabrda bo‘lishi elon qilindi

Oybek va Nigoraning to‘yi 21 noyabrda bo‘lishi elon qilindi
Oybek va Nigoraning to‘yi 21 noyabrda bo‘lishi elon qilindi

Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi shou biznesimizda uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan to‘ylardan biri edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Va nihoyat “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 21 noyabr kuni turmush qurishlarini ma’lum qilishdi. Ayni damda ikki yosh to‘yga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan band. Ma’lumotlarga qaraganda, to‘y poytaxtdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.

Oybek va Nigora 2005 yildan buyon birgalikda faoliyat olib borishyapdi.

Eslatib o‘tamiz, Oybek Alimov 1987 yilning 8 oktyabrida, Nigora Ismoilova 1988 yilning 12 sentyabrida tavallud topgan. Xonandalar 2008 yilda “Nihol” mukofoti bilan taqdirlanishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.