“Oskar” mukofoti nomzodlari ro’yxati e’lon qilindi

“Oskar” mukofoti nomzodlari ro’yxati e’lon qilindi
Amerika Kino san’ati va ilm-fan akademiyasi 90-bor “Oskar” mukofotini olish uchun da’vogarlik qilayotgan nomzodlar ro’yxatini e’lon qildi. Xabar berilishicha, taqdirlash marosimi 4 mart kuni o’tkaziladi.

“Yilning eng yaxshi filmi” nomi da’vogarlari orasida “Nari”, “Ledi Berd”, “Shaffof ip”, “Qora davrlar”, “Suv shakli”,“Ebbing chegarasidagi uch bilbord, Missuri”, “Meni o’z ismim bilan ata”, “Dyunkerk”, “Mahfiy hujjatlar” filmlari nomini ko’rish mumkin.

“Yilning eng yaxshi aktyori” nomi uchun Gari Oldman, Denzel Vashington, Deniel Dey-Lyuis, Timoti Shalame, Deniel Kaluyalar da’vogarlik qilayotgan bo’lsalar, “Eng yaxshi animatsion filmlar qatorida “Koko siri”, “Ferdinand”, “Go’dak-boss”, “Van Gog. Muhabbat bilan Vinsent”, “Topag’on” mult asarlari nomini uchratasiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.