Rossiyalik xonanda Lyudmila Senchina vafot etdi

Rossiyalik xonanda Lyudmila Senchina vafot etdi
Rossiyalik xonanda va aktrisa Lyudmila Senchina 67 yoshida olamdan ko’z yumdi. Ijodkor Sankt-Peterburg shahrida uzoq muddat davom etgan kasallikdan so’ng vafot etgan, deyiladi xabarda.

Ushbu ma’lumot uning turmush o’rtog’i va prodyuseri bo’lmish Vladimir Andreyev tomonidan ham tasdiqlandi: “Lyudmila Petrovna bugun tonggi 8:30 da shahar kasalxonalarining birida vafot etdi. U bir yarim yildan buyon kasal edi”.

Mayin va betakror ovoz sohibasi bo’lmish ijodkor o’tgan asrning 1970–1980 yillarida butun mamlakatga tanilgan. “Den rojdeniya tvoy\", \"Lesnoy olen\", \"Zolushka\" kabi kompozitsiyalari esa sobiq sovet estradasi oltin fondiga kiritilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.