Umidaxon qaysi xonandaning qo‘shiqlarini kuylashni istashini aytdi

Umidaxon qaysi xonandaning qo‘shiqlarini kuylashni istashini aytdi
Xonanda Umidaxon saytimizning blits savollariga javob berdi.

— Umidaxon yig‘loqimi?
— Yo‘q, ba’zan ko‘z yosh qilishim mumkin, biror filmdan ta’sirlansanmi, misol uchun.

— Balki urushqoqdir?
— Umuman! Lekin qornim och bo‘lsa, asabiylashishim mumkin.

— Katta miqdorda pul yo‘qotganmisiz hech?
— Yo‘q!

— Qaysi san’atkorning qo‘shig‘ini qayta ijro qilgan bo‘lardingiz, agar shunday imkoniyat berilsa?
— Shoxruxxonning barcha qo‘shiqlarini kuylagan bo‘lardim.

— Oxirgi marta qachon metroga tushdingiz?
— O‘tgan yili qishda edi adashmasam, do‘stlarimiz bilan metroga tushib, u stansiyadan bunisiga «kateysa» qildik.

— Tanib qolishmadimi?
— Yo‘q, yopinchiq qalpoli kurtka kiyib olgandim, hech kim tanimadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.