Xayrulla Hamidov she’ri: Qora quti

Xayrulla Hamidov she’ri: Qora quti
Samolyot samoda sochilib ketsa,
Yo dengiz tubiga sho‘ng‘ir bo‘lsa chin,
Qidirib qolamiz “qora quti”ni,
Axir, unda mavjud neki yashirin.

Sayyora ham bugun uchib bormakda,
Qaysi tayyoradan farqi bor, axir?
Unda ham ne-neki sinoat, sirlar,
“Qora qutilar”ga naqadar og‘ir:

Ularning barisi bir kun to‘planar
Katta bir maydonda. Hamma tinglagay.
Umr bo‘yi topilmagan chistonlar
Yechimin ko‘rsatgay. Avom anglagay.

Hammaga bu umr – berilgan chipta,
Do‘stim, o‘zingizni panaga olmang.
Ochiq bo‘ling, o‘zni tuting samimiy,
Qora qutilarga yozilib qolmang!

Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.