AQSHda 2017 yilning eng yomon filmi, ssenariysi va rejissyori aniqlandi

AQSHda 2017 yilning eng yomon filmi, ssenariysi va rejissyori aniqlandi
AQSHda “Oltin Malina” mukofoti sovrindorlari aniqlandi, deb yozadi “Daryo”.

2017 yilning eng yomon filmi deb “Emoji film” topildi. Shuningdek, ushbu film ssenariysi yilning eng yomon ssenariysi, rejissyori Toni Leondis esa yilning eng yomon rejissyori bo‘ldi.

“Yilning eng yomon filmi” nomiga “Transformerlar:so‘nggi ritsar”, “50 tusga to‘qroq”, “Mumiya” va “Malibu qutqaruvchilari” filmlari da’vogarlik qilgan.

“Mumiya” filmidagi ijrosi uchun Tom Kruz yilning eng yomon aktyori deb topildi.

“Medeyaning xellouini 2” kartinasida ayol obrazini yaratgan aktyor Tayler Perri yilning eng yomon aktrisasi bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.