People jurnali qo‘shiqchi Pink’ni “sayyoraning eng go‘zal ayoli” deb topdi

People jurnali qo‘shiqchi Pink’ni “sayyoraning eng go‘zal ayoli” deb topdi
AQSHning People jurnali eng chiroyli odamlar ro‘yxatini tuzdi. Unda Pink taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Alisha Bet Mur yetakchilik qildi, u jurnal maxsus sonining muqovasidan joy oldi.

Sayyoraning eng ko‘rkam odamlari reytingiga jami 70 nafar ayol va 5 erkak kirdi. Ular orasida shahzoda Garrining qallig‘i Megan Markl, aktrisa Gal Gadot, reper Dreyk va tennischi Serena Uilyams ham bor.

People jurnali har yili “Eng chiroylilar” deb nomlangan maxsus sonni chiqaradi. 2017 yilning aprelida eng chiroyli ayol deya Juliya Roberts e’tirof etilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.