Armanistondagi MDH go‘zallari tanlovida O‘zbekistondan uch nafar qiz ishtirok etmoqda (video)

Armanistondagi MDH go‘zallari tanlovida O‘zbekistondan uch nafar qiz ishtirok etmoqda (video)
Foto: «Sputnik»

Armaniston poytaxti Yerevanda 25 oktyabr kuni «Top model MDH—2018» go‘zallik tanlovi boshlanadi. «Sputnik»ning xabar berishicha, unda sobiq Ittifoqning 16 mamlakatidan 30 nafar qiz ishtirok etadi.

Xabar berishlaricha, tanlovda O‘zbekiston nomidan Nigina Faxriddinova, Parizoda Quvondiqova va Indira Aliyeva qatnashadi.

«Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — jahon moda va kino sanoatida MDH mamlakatlarini munosib va yuqori darajada namoyon eta oladigan qizlarni aniqlashdir. Tanlov g‘olibi taniqli moda uylari va prodyuserlik markazlaridan taklif oladi», — deya ma’lum qildi tashkilotchilar.

Tanlov finali 4 noyabr kuni Armaniston poytaxtidagi Demirchyan nomidani Sport-konsert majmuasida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar nafaqat reklama agentliklari, moda uylari va prodyuserlik markazlaridan taklif oladi, balki pul mukofotini ham qo‘lga kiritadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.