Sevgisini yo'qotsa-da, insoniylikni saqlab qolgan Bollivud yulduzlari...

Sevgisini yo'qotsa-da, insoniylikni saqlab qolgan Bollivud yulduzlari...
Bollivud kino yulduzlari orasida turmush qurganlar bilan bir qatorda ishqiy munosabatlari to‘ygacha bormasdan yoki to‘ydan keyin tugab ketgan biroq hozirda do‘stliklarini saqlab qolgan sobiq juftliklar ham bor. Ulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz:
Sevgisini yo'qotsa-da, insoniylikni saqlab qolgan Bollivud yulduzlari...
1. Sara Ali Xon va Kartik Ariyanlar juftligi bo‘lib, bugungi kunda ularning o‘rtasida sevgi yo‘q deyish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sara Ali Xon va Kartik Ariyanlarning munosabatlari bir yil davom etgandan so‘ng, sevgidan ijod ustun bo‘lishi kerak degan qarorga kelishgan va munosabatlarini tugatishgan. Biroq ularning ijod kechalarida do‘stona tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda har zamon har zamonda ko‘rinib turadi.
Sevgisini yo'qotsa-da, insoniylikni saqlab qolgan Bollivud yulduzlari...
2. Eski juftlik Katrina Kaif va Ranbir Kapur 2016 yilda romantik munosabatlariga nuqta qo‘yishgandi. Oralarida bo‘lib o‘tgan munosabatlarni biroz unutishga ularning muxlislariga ham o‘zlariga ham vaqt kerak bo‘ldi. Vaqt barchasiga da’vo deb to‘g‘ri aytishadi, ularning munosabatlari hozirda samimiy tus olgan. Mishmishlarga qaraganda, ularning ikkalasi yaqin kunlarda birga telefon savdosi bilan bog‘liq tijorat boshlashmoqchi ekan. Umid qilamizki, bu sherikchilik omadli yakun topadi.
Sevgisini yo'qotsa-da, insoniylikni saqlab qolgan Bollivud yulduzlari...
3. Xritik Roshan va sobiq rafiqasi Syussan Xonlarning turmushi nihoyasiga yetgan bo‘lsada, ular hamon bir-biriga tayanch bo‘lib kelishmoqda. O‘rtalaridagi ikki nafar farzandni maslakdosh bo‘lib tarbiya qilishyapti. Kino olamidagi Xritik Roshanning har qanday yutug‘ini Syussan yaxshi kutib oladi va unga dalda bo‘lishga harakat qiladi. So‘nggi paytlarda hattoki ularning qayta turmush qurishi ehtimoli haqida ham mishmishlar tarqalgan.
Sevgisini yo'qotsa-da, insoniylikni saqlab qolgan Bollivud yulduzlari...
4.Sobiq o‘tli muhabbat egalari Salmon Xon va Katrina Kaiflar eng yaxshi do‘st bo‘lish haqida gap ketganda, hammani ortda qoldirishadi. Shu jihati bilan ham ular ko‘pchilik muxlislar qalbidan joy olishgan. Ular hayotlari mobaynida har qanday vaziyatda ham bir-birlarini to‘g‘ri tushunadilar, dardlashadilar, kulishadilar. Katrina yaqinda Mumbaydagi mashhur Siddxivinayak ibodatxonasiga tashrif buyurib, Salmonning brakonerlik ishida ayblanganligi uchun o‘tkazilgan sud hukmi chiqarilishidan oldin ibodat qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sevara
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.