«Shaytanat» serialining 21-qismi treyleri e’lon qilindi (video)

«Shaytanat» serialining 21-qismi treyleri e’lon qilindi (video)
Kadr: YouTube
Yozuvchi Tohir Malik asari asosida suratga olingan «Shaytanat» serialining 20 ta qismi Zo‘r TV’da namoyish etildi. Yakunlovchi 21-qismni telekanal namoyish etmadi.

«Shaytanat» rejissyori va prodyuseri, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev «Daryo»ga bergan izohida 21-qism karantindan so‘ng kinoteatrda namoyish etilishini ma’lum qildi.

«Ko‘pchilik kutayotgan 21-qism hali tayyor emas. Karantindan keyin montaj va ovoz berish jarayonlarini oxirigacha yetkazamiz. So‘ngra Alisher Navoiy nomli kinosaroyda aktyorlarni yig‘ib, premera qilib beramiz», — dedi Yodgor Sa’diyev.

Serialning 21-qismi ilgari hech qayerda namoyish etilmagan. Ammo uning treyleri bir necha yil oldin internetda paydo bo‘lgan. 21-qismda Ulug‘bek Qodirov hamda Nozim To‘laxo‘jayev singari aktyorlar rol ijro qilgan. Yakunlovchi qism katta ekranlarga chiqquncha uning treylerini tomosha qilib turing.
[media=https://youtu.be/8AvbYEE9Ims]
«Shaytanat» seriali voqealari o‘tgan asrning 80 yillarida bo‘lib o‘tadi va undagi qahramonlarning barchasi to‘qima obraz hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.