«Zuleyha» serialida Umit ismli qahramon paydo bo‘ladi

«Zuleyha» serialida Umit ismli qahramon paydo bo‘ladi
Foto: Haberlerim
«Zuleyha» serialining suratga olish jamoasiga yangi aktrisa Xande Soral kelib qo‘shiladi. U Umit ismli bosh qahramonlardan birini ijro qiladi, deb yozadi «Kinoteka.com».

77-qismda Yilmaz rolini gavdalantirgan Ugur Gunesh serialni tark etadi. Birsen Altuntashning ma’lum qilishicha, bunga aktyorning Kerem Alishik bilan kelisha olmagani sabab bo‘lgan va shu bois yangi shartnoma imzolashni istamagan.

U Vahidedan so‘ng loyihadan chiqib ketadi. Syujetga ko‘ra, Yilmaz avtohalokatda vafot etadi.

Xandening loyihaga kelib qo‘shilishi bilan voqealar rivoji yanada qiziq avj oladi. U ijro qiladigan Umit ismli qahramon Demirga yordam beradi. Adanaga yetib borgan aktrisa suratga olish jamoasi bilan tanishgan. U Adanada ishlashdan baxtiyor ekani hamda ancha vaqtdan buyon birga ishlayotgan jamoa a’zosiga aylanganidan xursandligini ta’kidlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.