Kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

Kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor kim ekanligi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Agar tarixdagi eng muvaffaqiyatli aktyor Leonardo Di Kaprio yoki Bred Pitt deb o‘ylasangiz, adashasiz. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, eng «kassabop» deb tan olingan aktyor — bu Silvestr Stallone, deb xabar bernoqda PeopleTalk nashri.

Chunki u 60 yil davomida eng muvaffaqiyatli prokat filmlarda o‘ynagan. Silvestr yetakchilik mavqeyini «Xudkushlar guruhi: butun missiya» filmi bilan mustahkamlab oldi, unda aktyor filmning asosiy qahramonlaridan biri — Akula qiroli rolini ijro etgan. Mazkur film namoyishning birinchi haftasidayoq 70 million dollar keltirgan.
Kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor kim ekanligi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Rokki» filmidan kadr
Tan olish kerakki, aktyor ishtirok etgan barcha loyihalar muvaffaqiyat qozongan. Masalan, 1970—1980-yillarda «Rokki» va «Rembo» franshizalari tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, 1990-yillarda Stallone «Qoyaga chiquvchi» va «Buzg‘unchi» kabi filmlar bilan mashhur bo‘lgan. Keyinchalik aktyor ishtirokida «Shiddatli» va «Qochish rejasi» loyihalari ham muvaffaqiyat qozondi. Silvestr Stallone ijro etgan ajoyib rollarning ro‘yxatini hali uzundan-uzun davom ettirish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.