«Baron» rahbarlik lavozimiga tayinlandi

«Baron» rahbarlik lavozimiga tayinlandi
«Baron» filmida bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Isoq To‘rayev Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar tarqatdi.

Aytilishicha, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev bugun, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i Salim Sayimovni o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun ishdan olgan.

«Boshqarma boshlig‘ini bir necha marotaba ogohlantirgandim, kamchiliklarini qayta-qayta eslatdim. Ammo xulosa qilmadi. To‘qsoninchi yillarda Qarshi shahri madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Konsert dasturlari va ijodiy kechalar o‘tkazishda Qarshining, Qashqadaryoning o‘z tajribasi bor. Qani o‘sha mas’uliyat? Nega bor imkoniyatdan foydalana olmaymiz», — degan viloyat rahbari hududiy boshqarma boshlig‘i Salim Sayimovning mas’uliyatsizligi haqida gapirar ekan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.