Jahongir Xoʻjaev shogirdi, aktrisa Asal Abdullaevaga uylandi

Jahongir Xoʻjaev shogirdi, aktrisa Asal Abdullaevaga uylandi
10 mart kuni poytaxtdagi «Yakkasaroy» toʻyxonasida Sariq bola taxallusi bilan tanilgan aktyor Jahongir Xoʻjaev hamda aktrisa Asal Abdullaevaning nikoh oqshomi boʻlib oʻtdi. Toʻyda oʻzbek shou-biznesining eng taniqli vakillari: aktyor, aktrisa, xonanda hamda vaynerlar ishtirok etdi.

Mavluda Asalxoʻjaeva Instagram’dagi sahifasi orqali jiyanining toʻyidan qaynoq videolarni ulashib turdi.

Kuyovnavkarda «Aristokratlar» kulgi jamoasining yigitlari ishtirok etdi.

Kelin-kuyovni toʻyxonada an'anaviy tarzda Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov «Kelibdi» qoʻshigʻi bilan qarshi oldi. Undan keyin esa mehmonlarni Yorqinxoʻja Umarov, Ulugʻbek Rahmatullaev, Alisher Fayz va boshqa taniqli xonandalar shoʻx taronalari bilan xushnud etdi.

Jahongir Xoʻjaev toʻyida otasiga mashina kalitini topshirdi, onasi va qaynonasiga esa Malika Ravshanovaning «Bu mening onam» qoʻshigʻi sadolari ostida guldasta taqdim etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.