Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)

Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi 10—25 mart kunlari «Xalqlar doʻstligi» san'at saroyida boʻlib oʻtadi. «Daryo» muxbirlari kontsert dasturidan reportaj tayyorladi. Videoda kontsert oldi tayyorgarlik jarayonlari, sahna ortidagi yugur-yugurlar va ijodiy jamoaning qanday ishlashiga guvoh boʻlishingiz mumkin.

Reja boʻyicha bu yilgi kontsertda 21 ta qoʻshiq ijro etilishi kerak edi. Ammo Yulduz Usmonova muxlislarning iltimosiga koʻra dastur soʻngida «Mayli, jonim» va «Muhabbat» qoʻshiqlarini takroran ijro etdi.

Xonanda navbatdagi kontsert dasturida Botir Qodirov va yosh ijodkor Malik bilan duet taronalarni kuyladi. «Yor, biyo» va «Kel, kel» duetlarini muxlislar iliq qarshi oldi.

An'anaga muvofiq xonanda bu yilgi dasturida ham «Navroʻz» raqs ansambli bilan hamkorlik qildi. Ansamblning besh nafar yosh raqqosalari xonanda e'tiboriga tushgani uchun ularni xalqqa tanishtirdi.
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
«Navroʻz» raqs ansambli rahbari Zarina Ahmedova xonanda tomonidan bastalangan «Avangard» musiqasiga noodatiy raqsga tushdi.
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Dasturga qiziqchi Shukrullo Isroilov boshlovchilik qildi.
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Boshqa kontsertlardan farqli ravishda Yulduz Usmonovaning dasturida «Xalqlar doʻstligi» san'at saroyidagi interer uning tashabbusi bilan binafsha rangga burkangan.
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Ba'zi qoʻshiqlar tinglovchilarni oʻylashga majbur qilgan boʻlsa, ayrimlar miriqib raqs tushishlariga sabab boʻldi. Dastur avvalda xonanda ham muxlislariga tortinmay raqs tushishlarini ta'kidladi.
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Xonanda naqd 10 daqiqa davomida muxlislar keltirgan guldastalarni qabul qildi. Yulduz gullarni olish chogʻida, lolani oʻzgacha yaxshi koʻrishini aytdi.
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning kontsertidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
Kontsert dasturi soʻngida Yulduz Usmonova imkoniyati cheklangan kichik muxlisasi bilan uchrashib, uning orzusini roʻyobga chiqardi. Qizaloqqa Allohdan shifo tilab, uni duo qildi. Qizchaning onasi Yulduz Usmonova oilaning iltimosini erda qoldirmay, ular bilan uchrashishga rozi boʻlganidan ta'sirlanib, yigʻladi. Ushbu manzara primadonna turmush oʻrtogʻi hamda prodyuseri Mansur Agalievni ham ta'sirlantirib yubordi.

Kontsertdan toʻliq reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.