«Energetik-BGU»da yirik g‘alaba: Bobur Abduxoliqovdan het-trik, Abduqodir Husanovdan super gol (video)

Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 6-turida «Energetik-BGU» 2 may, dushanba kuni «Neman» maydoniga safar qildi.
Uchrashuv Minsk klubining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, mehmonlarning 4 ta goliga ham o‘zbekistonlik futbolchilar mualliflik qildi. Bobur Abduxoliqov 7, 27 va 87-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, het-trik muallifiga aylangan bo‘lsa, Abduqodir Husanov 85-daqiqada jarima zarbasidan ajoyib gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etish kerak, «Energetik-BGU» safida Abduxoliqov va Husanovdan tashqari Shohruxbek Abdurahmonov ham harakat qiladi. Har uchala o‘zbekistonlik futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Energetik-BGU»ning ochkolari soni 13 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Hisobida 8 ta gol va 1 ta golli uzatma bo‘lgan Bobur Abduxoliqov esa chempionatning eng samarali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
«Neman» – «Energetik-BGU» 1:4
Gollar: 0:1 – 7 Abduxoliqov, 0:2 – 27 Abduxoliqov, 1:2 – 42 Pavlyukoves, 1:3 – 85 Husanov, 1:4 – 87 Abduxoliqov.
«Neman»: Vasilev, Anyukevich, Maliyevskiy, Jimo (Mazurich, 82), Yakimov (Gribovskiy, 72), Jukovskiy (Zubovich, 46), Legchilin, Kadimyan (Shukurov, 46), Saviskiy, Pavlyukoves, Kuadio (Pasevich, 68).
«Energetik-BGU»: Makushinskiy, Svirepa (Samotoy, 70), Makavchik, Lavrik, Pashevich, Silinskiy (Xlebosolov, 70), Abdurahmonov, Rilach (Maliskiy, 90), Husanov, Abduxoliqov (Kunskiy, 89), Papariga (Grishenko, 63).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuv Minsk klubining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, mehmonlarning 4 ta goliga ham o‘zbekistonlik futbolchilar mualliflik qildi. Bobur Abduxoliqov 7, 27 va 87-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, het-trik muallifiga aylangan bo‘lsa, Abduqodir Husanov 85-daqiqada jarima zarbasidan ajoyib gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etish kerak, «Energetik-BGU» safida Abduxoliqov va Husanovdan tashqari Shohruxbek Abdurahmonov ham harakat qiladi. Har uchala o‘zbekistonlik futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Energetik-BGU»ning ochkolari soni 13 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Hisobida 8 ta gol va 1 ta golli uzatma bo‘lgan Bobur Abduxoliqov esa chempionatning eng samarali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
«Neman» – «Energetik-BGU» 1:4
Gollar: 0:1 – 7 Abduxoliqov, 0:2 – 27 Abduxoliqov, 1:2 – 42 Pavlyukoves, 1:3 – 85 Husanov, 1:4 – 87 Abduxoliqov.
«Neman»: Vasilev, Anyukevich, Maliyevskiy, Jimo (Mazurich, 82), Yakimov (Gribovskiy, 72), Jukovskiy (Zubovich, 46), Legchilin, Kadimyan (Shukurov, 46), Saviskiy, Pavlyukoves, Kuadio (Pasevich, 68).
«Energetik-BGU»: Makushinskiy, Svirepa (Samotoy, 70), Makavchik, Lavrik, Pashevich, Silinskiy (Xlebosolov, 70), Abdurahmonov, Rilach (Maliskiy, 90), Husanov, Abduxoliqov (Kunskiy, 89), Papariga (Grishenko, 63).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













