Luisma Ernandes: "O‘zbek futboliga Ispaniya metodologiyasini olib kirmoqchimiz"

Luisma Ernandes: "O‘zbek futboliga Ispaniya metodologiyasini olib kirmoqchimiz"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan \"Metallurg\" – \"Qizilqum\" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida
- Ehtiroslarga boy o‘yin bo‘ldi. Birinchi taymda vaziyatlar hosil qilib, 1 ta gol urib oldik. Ikkinchi taymda ko‘proq himoyaga va qarshi hujumga tayanib o‘ynadik. \"Qizilqum\"da 2 ta imkoniyat bo‘ldi, shulardan 1 tasidan foydalandi va darvozamizga to‘p kiritdi.

- \"Metallurg\" 2019 yildan buyon \"Qizilqum\"ni mag‘lub eta olmaydi. Bugun tayyor g‘alaba qo‘ldan chiqarildi...
- Bizga ikkinchi gol yetishmadi.

- \"Metallurg\" har doim ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakatlanmoqda. Standartlar ustida alohida ishlanar ekan, ammo qarshi hujumlar maqtanarli emas. Bu borada ish olib boriladimi o‘zi?
- Albatta, mashg‘ulotlar jarayonida himoya va hujumda taktik ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish ustida ish olib boramiz. Qarshi hujumlar bo‘yicha ham ishlaymiz, ammo futbolchilarning ijodkorligi va to‘g‘ri qaror qabul qilishida ham gap katta.

- \"Metallurg\" futbolchilarining jismoniy holatidan qoniqyapsizmi?
- O‘zbek futboliga Ispaniya metodologoyasini olib kirmoqchimiz. Hozirgi kunda mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilyapmiz. Yuklamalardagi muammo jismoniy tarafdan emas, issiq ob-havo tufayli ro‘y bermoqda.

- Asosiy himoyachi Abbos Otaxonov nega maydonga tushirilmadi?
- U mashg‘ulotlar davomida kichik jarohat olgan. Shu bois tavakkal qilmadik va uni keyingi bahslarga saqlab qo‘ydik.

- Oxirgi o‘zgarishdan (90+6-daqiqada Farrux Ibrohimov o‘rniga Hakimxon Alamxonov tushirildi – tahr.) nima maqsad ko‘zlangandi? Chunki o‘yin tugash arafasida futbolchi burchak zarbasiga yordamga borishi qiyin edi...
- Sababi Ibrohimov oxirgi daqiqalarda o‘zini yomon his qildi, uni almashtirmasak bo‘lmasdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.