Predrag Rogan: "Bu mag‘lubiyat tarixga aylandi. Ishlashda davom etamiz"

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan \"Metallurg\" - \"Dinamo\" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- \"Metallurg\"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu mavsumdagi uchinchi qizil kartochkani oldik. \"Bunyodkor\" bilan o‘yinda ham bugungidek holat takrorlangandi. 90 minut 1:0 hisobida oldinda borayotib yakunda mag‘lub bo‘lish alamli. Ishlashda davom etamiz. Bu endilikda tarix. Futbol kurashlarga boy o‘yin. Shu bois maydonda o‘ylab o‘ynash kerak.
- Qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat haqida...
- Nima uchun birinchi sariq kartochkani berdi? Bilmadim. \"Dinamo\" bir oila. Oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Hakamlarni muhokama qilish mening vazifam emas. Mashg‘ulotlarda hammasini qilyapmiz. Bunday mag‘lubiyatni qabul qilish og‘ir.
- \"Dinamo\" vaqt cho‘zdi. \"Metallurg\" \"Qizilqum\"ga qarshi o‘yinda yutib turgan joyida vaqt cho‘zib qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgandi. Bunday yutib turganda vaqt cho‘zish chiroyli futbolni yo‘qqa chiqarmaydimi?
- \"Navbahor\"ga qarshi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotdik. Tarkibdagi aksariyat futbolchilar endi o‘ynayapti. Bosim katta. Energiya ko‘p sarflanadi. Buni tushunaman. Menga alam qilayotgani shuki, muxlislar shuncha joydan kelib qo‘llab-quvvatlashdi. Afsuski, ularga kerakli natijani sovg‘a qila olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘yin haqida

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.