Kutib oling, xokkey bo‘yicha jahon chempionlari...

Kutib oling, xokkey bo‘yicha jahon chempionlari...
Xokkey bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Finlyandiya terma jamoasi kanadalik xokkeychilar bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahsning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Overtaymlarda esa finlyandiyalik xokkeychilar bir bora raqib darvozasiga shayba kiritdi.

Shu tariqa, \"suomilar\" o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempioniga aylandi.

3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Chexiya terma jamoasi AQSH xokkeychilariga qarshi \"muz\"ga chiqdi va 8:4 hisobida zafar quchib, musobaqa bronza medallariga ega chiqdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.