Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)

Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)
Bugun, 11 iyun tongida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0-10) Nyu-Yorkda tashkil etilgan profboks kechasining markaziy jangida ringga koʻtarildi.

Unga bu safar profringdagi ancha jiddiy raqib – kongolik Jek Mulovey (11 jang, 7 nokaut) qarshilik koʻrsatdi.

Bahodir dastlabki raunddan tashabbusni oʻz qoʻliga oldi va ikkinchi raundga kelib ketma-ket aniq zarbalari bilan raqibini qiyin ahvolga sola boshladi. Oltinchi raund soʻngida raqib ringga quladi, nokdaun. Jangning soʻnggi – sakkizinchi raundida Jalolovning chap qoʻldan bergan dahshatli zarbasi Jek Muloveyni chuqur nokautga uchratdi.

Shu tarzda \"BIG UZBEK\" (Jalolovning ringdagi taxallusi) profringdagi 11-jangini ham nokaut bilan yakunladi.

Ushbu jangning qisqacha videosini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:>>>VIDEO
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.