Turkmanistonlik futbolchining goli Avstraliyani yarim finalga olib chiqdi

Turkmanistonlik futbolchining goli Avstraliyani yarim finalga olib chiqdi
U23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya - Turkmaniston uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda \"sariq qit’a vakillari\" zafar quchdi, 1:0.

Bahs taqdirini hal etgan yagona gol 74-daqiqada turkmanistonlik himoyachi O‘raz O‘razov tomonidan kiritildi. Futbol jarima maydoni ichiga oshirilgan to‘pni o‘z darvozasiga to‘g‘irlab yubordi.

Shu tariqa, avstraliyaliklar yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endi final ostonasida ularga Saudiya Arabistoni - Vetnam bahsi g‘olibi raqiblik qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.