Saken Po‘latov «Olimpik» futbol klubiga prezident etib tayinlandi

Foto: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati
Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish maqsadida tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubiga yangi rahbar tayinlandi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov «Olimpik» klubi prezidenti sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saken Po‘latov o‘zining «Lokomotiv» klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U «temir yo‘lchilar» bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yana 3 marta O‘zbekiston Kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g‘alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016 yil Osiyo Chempionlar Ligasida chorak finalgacha yetib borgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish maqsadida tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubiga yangi rahbar tayinlandi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov «Olimpik» klubi prezidenti sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saken Po‘latov o‘zining «Lokomotiv» klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U «temir yo‘lchilar» bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yana 3 marta O‘zbekiston Kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g‘alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016 yil Osiyo Chempionlar Ligasida chorak finalgacha yetib borgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













