"Nijniy Novgorod" Yo‘ldoshev o‘rniga "Nasaf" futbolchisini olib kelmoqchi!

"Nijniy Novgorod" Yo‘ldoshev o‘rniga "Nasaf" futbolchisini olib kelmoqchi!
\"Nijniy Novgorod\" \"Nasaf\" himoyachisi Sherzod Nasrullayevga qiziqish bildirmoqda, deya yozmoqda rus matbuoti.

Manbaning xabariga ko‘ra, \"ajdarlar\" Nasrullayev transferidan 250 ming dollar ishlab olmoqchi. Shuningdek, \"Nasaf\" himoyachining keyingi transferidan ham 20 foiz ishlab olmoqchi. \"Nijniy Novgorod\" esa 200 ming dollar taklif qilmoqda va keyingi transferdan 15 foiz ajratmoqchi. Hozircha tomonlar kelisha olmayapti.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Sherzodga Turkiyaning autsayder klublaridan ham takliflar bor. Ammo jarohat sababli turkiyaliklar biroz kutmoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.