Saudiya klubi Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ular taklif etgan summa esa...

Saudiya klubi Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ular taklif etgan summa esa...
Saudiya Arabistoni jamoasi Krishtianu Ronaldu transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

\"TVI\" va \"CNN Portugesa\" nashrlari tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Saudiya klublaridan biri \"Manchester Yunayted\" hujumchisi uchun 300 million yevro to‘lashga tayyor.

Bu mablag‘ning 250 millioni portugaliyalikning maoshi, (yiliga 125 million yevro) 30 millioni mankunialiklar uchun transfer to‘lovi va yana 20 million yevro agentlarga komission to‘lovlar uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, 37 yoshli goleador mazkur taklifni qabul qilishi qiyin masala. Sababi, u kamida yana bir mavsum Yevropaning top klubida o‘ynamoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.