Xorij nashri: Jaloliddin Masharipov boshqa chempionatga yo‘l oldi

Xorij nashri: Jaloliddin Masharipov boshqa chempionatga yo‘l oldi
Saudiya Arabistonining \"Al-Nassr\" klubi futbolchisi, hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov atrofidagi xabarlar ko‘paymoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Birlashgan Arab Amirliklarining \"Shabab Al Ahli\" jamoasiga o‘tmoqda. Bu haqda \"Dubaisports.ae\" portali \"Al-Ittihad\" nashriga tayanib xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, avval ham shu jamoada ijara asosida to‘p tepgan Masharipovning o‘yinlari klub rahbariyatiga ma’qul kelgani bois u bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olingan. Nashr shuni qo‘shimcha qilmoqdaki, transfer yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.