O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida kuchli 20 talikdan joy oldi

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida kuchli 20 talikdan joy oldi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbekiston ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar beradi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi.
O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida kuchli 20 talikdan joy oldi
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
O‘zbekiston 2022 yil iyul oyi reytingiga ko‘ra 19-o‘rinni egalladi.

Reytingda AQSH, Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar ham yuqori o‘rinlarni qayd etgan. Shunga qaramay, O‘zbekiston dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga va natijasiga ega bo‘lgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya va Argentina kabi davlatlaridan yuqori o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.