Karlo Anchelotti "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Karlo Anchelotti "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan \"Real\" va \"Barselona\" AQSHning Las-Vegas shtatida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bellashuv kataloniyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.

Bahsdan so‘ng \"qirollik klubi\" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: \"Orqa chiziqda yaxshi harakat qildik, ammo boshqa sifatlar yetishmadi. O‘yin shiddatli kechdi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Jismoniy tayyorgarlik tufayli barcha futbolchilarni rotatsiya bilan o‘ynatdim.

Benzema? U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Aytishim mumkinki, u bo‘lmasa, o‘rni aniq seziladi. Karim keyingi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Yangi transferlar haqida yangilik yo‘q. Barchasi Sebalos va Asensioning qolish yoki ketishi bilan bog‘liq
\".
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.