"Nasaf"ga tojikistonlik hujumchi kelishi mumkin

"Nasaf"ga tojikistonlik hujumchi kelishi mumkin
\"Alen Mashovich \"ajdarlar\" tarkibiga qo‘shilishi haqida ma’lumot bergan edik. Qashqadaryo klubi transfer oynasining oxirgi kunida 5-legionerni ham o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Ayni paytda tojikistonlik Sheriddin Boboyev bilan muzokara o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1999 yilda tug‘ilgan forvard oxirgi 5 oyni Qozog‘izstonning \"Maktaaral\" klubida o‘tkazib, iyulning boshida erkin agentga aylandi. Premer-ligada 442 daqiqa o‘ynagan Boboyev raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan.
"Nasaf"ga tojikistonlik hujumchi kelishi mumkin
23 yoshli hujumchi ayni paytda Tojikiston terma jamoasidan ham doimiy ravishda chaqiruv oladi. U o‘tgan yilni Malayziyada o‘tkazgan edi.

Fakt: Sheriddin Boboyev 2019 yilda Tojikiston chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan
\", — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.