Turkiya chempioni Shomurodov uchun taklif yubordi

Turkiya chempioni Shomurodov uchun taklif yubordi
Turkiya Superligasining amaldagi chempioni Trabzonning \"Trabzonspor\" jamoasi \"Roma\"da to‘p tepadigan hujumchimiz Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Bu haqda Turkiyaning \"61 saat\" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyaliklar legionerimizni ijaraga olishni istamoqda. Buning uchun ular \"Roma\"ga 1 million yevro taklif qilgan.

Hozircha rimliklarning javobi ma’lum emas. Ammo katta ehtimol bilan Eldor bu yozda Italiya poytaxtini tark etadi. Klub uni sotib olish sharti bilan ijaraga berib yuborishni maqsad qilgan.
Turkiya chempioni Shomurodov uchun taklif yubordi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.