Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi"

Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi"
Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan \"Qizilqum\" - \"Dinamo\" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida
- O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz. Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Statistikamiz ham shunday. Hammadan kam gol urganmiz, hammadan ko‘p o‘tkazib yuborganmiz. Ishlashda davom etamiz.

- Sahob Rashidov bugun zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirdi va gol ham urdi. Nima deb o‘ylaysiz Sahobni asosiy tarkibda maydonga tushirsa bo‘larmidi?
- Bu albatta uning o‘ziga bog‘liq. Bizdagi barcha futbolchilar asosiy tarkibda o‘ynashga munosib. Bizda zaxira o‘rindig‘idagi kuchlar cheklangan. Vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

- Jamoangiz darvozabonining o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Darvozabonda ayb yo‘q. Penaltigacha u bir necha vaziyatlarda qutqardi. Ko‘proq savolni himoyachilarga berish kerak. Baxtga qarshi himoyada muammolar bor. Hozirda himoyamizda bu pozitsiyada avval o‘ynamagan futbolchilar harakat qilishmoqda.

- Yovanovich qaytsa himoya tartibga kelishi mumkinmi?
- Unda jarohat bor va bu jarohat qachon tiklanishini bilmayman. Yovanovich bilan gaplashib oldik. U harakat qilmoqda. Ammo jarohat baribir o‘z so‘zini aytmoqda. Shu sabab ham bizda nima bo‘lsa shundan kelib chiqib harakat qilamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.