YECHL guruh bosqichiga qur’a tashlandi. «Bavariya», «Barselona» va «Inter» bir guruhda!

YECHL guruh bosqichiga qur’a tashlandi. «Bavariya», «Barselona» va «Inter» bir guruhda!
Bugun, 25 avgust kuni Istanbul (Turkiya) shahrida UYEFA Chempionlar ligasining 2022/2023 mavsumi uchun qur’a tashlandi.

Avvaliga guruh bosqichiga yo‘llanma olgan 32 jamoa 4 ta savatga taqsimlangandi:

Birinchi savat: «Real», «Ayntraxt», «Manchester Siti», «Milan», «Bavariya», «PSJ», «Portu», «Ayaks».
Ikkinchi savat: «Liverpul», «Chelsi», «Barselona», «Yuventus», «Atletiko», «Sevilya», «Leypsig», «Tottenhem».
Uchinchi savat: «Borussiya» (Dortmund), «Zalsburg», «Shaxtyor», «Inter», «Napoli», «Benfika», «Sporting», «Bayer».
To‘rtinchi savat: «Marsel», «Bryugge», «Seltik», «Viktoriya» (Plzen), «Makkabi» (Xayfa), «Dinamo» (Zagreb), «Reynjers», «Kopengagen».

Qur’a yakuniga ko‘ra, jamoalar 8 ta guruhga bo‘lindi. Qur’a nizomiga ko‘ra, bir mamlakatdan ikki jamoa bir guruhga tushmadi:

A guruhi
«Ayaks», «Liverpul», «Napoli», «Reynjers»

B guruhi
«Portu», «Atletiko», «Bayer», «Bryugge»

C guruhi
«Bavariya», «Barselona», «Inter», «Viktoriya» (Plzen)

D guruhi
«Ayntraxt», «Tottenhem», «Sporting», «Marsel»

E guruhi
«Milan», «Chelsi», Zalsburg», «Dinamo» (Zagreb)

F guruhi
«Real», «Leypsig», «Shaxtyor», «Seltik»

G guruhi
«Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya» (Dortmund), «Kopengagen»

H guruhi
«PSJ», «Yuventus», «Benfika», «Makkabi» (Xayfa)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.