“Bavariya” g‘alaba qozondi, “Shalke” va “Bayer” so‘nggi daqiqalarda g‘alabadan mosuvo bo‘ldi

“Bavariya” g‘alaba qozondi, “Shalke” va “Bayer” so‘nggi daqiqalarda g‘alabadan mosuvo bo‘ldi
foto: sport.segodnya.ua

Germaniya Bundesligasining 22-turidan o‘rin olgan 5ta o‘yin yakunlandi.

Chempionat peshqadami “Bavariya” “Paderborn” maydoniga safar uyushtirdi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Levandovski va Robben dulb qayd qilishdi. Riberi va Vayzer bittadan to‘p kiritishdi. Myunxenliklarning ochkolari 55taga etdi.

“Shalke” jamoasi “Verder” bilan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan boy berdi. Klub 4-pog‘onada qoldi.

Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan “Augsburg” – “Bayer” uchrashuvida ham so‘nggi daqiqalarda to‘p kiritildi. Asosiy vaqtga qo‘shilgan 4-daqiqadagi gol evaziga “dorishunoslar” g‘alabadan mosuvo bo‘lishdi.

Germaniya Bundesligasi. 22-tur

ShALKE-04 – VERDER 1:1 (0:0)
21 fevral, 19.30, “Feltins-Arena”
Gollar: 1:0 – 61 Mayer, 1:1 – 90+2 Predl.
Shalke-04 – Vellenroyter, Nastasich, Xevedes, Matip (Aogo, 73), Fuks, Mayer (Ayxan, 86), Xeger, Shupo-Moting, Noyshtedter, Barnetta, Platte (Boateng, 70).
Verder – Volf, Vestergor, Lukimya-Mulongoti, Gebre Selassi, Garsiya, Bartels (Predl, 85), Kroos (Aychichek, 70), Yunuzovich, Frits, Zelke (Xayrovich, 72), Di Santo.
Ogohlantirishlar: Nastasich (48), Garsiya (82), Bartels (84).

MAYNS – AYNTRAXT F 3:1 (1:1)
21 fevral, 19.30, “Kofas-Arena”
Gollar: 0:1 – 35 Aygner, 1:1 – 38 Klemens, 2:1 – 47 Gays, 3:1 – 50 Malli.
Mayns – Karius, Bungert, Bengtsson, Brosinski, Bell, De Blasis, Gays, Malli (Soto, 89), Baumgartlinger, Klemens (Samperio, 73), Okazaki (Gu Chja Chxol, 78).
Ayntraxt F – Trapp, Ochipka, Chendler, Russ (Kittel, 69), Madlung, Mayer, Aygner, Pyazon (Bamba, 86), Shtendera, Sambrano, Seferovich.
Ogohlantirishlar: Pyazon (33), Sambrano (52), Seferovich (59), Brosinski (62), Bungert (68), Aygner (81).
Chetlatish: Sambrano (83).

AUGSBURG – BAYER 2:2 (0:1)
21 fevral, 19.30, “SGL Arena”
Gollar: 0:1 – 8 Drmich, 1:1 – 59 Kayubi, 1:2 – 84 Raynarts, 2:2 – 90+4 Xitch.
Augsburg – Xits, Klavan, Kallsen-Brakker, Baba, Verner, Kor (Parker, 86), Altыntop, Xeyberg (Jurjich, 90+2), Bayer, Chji Don Von (Kayubi, 46), Bobadilya.
Bayer – Leno, Kastro, Papadopulos, Toprak, Vendell, Chalxanoglu, Rolfes, Son Xыn Min (Xilbert, 74), Belarabi, Brandt (Raynarts, 58), Drmich (Kissling, 87).
Ogohlantirishlar: Papadopulos (44), Belarabi (75), Xilbert (90).

FRAYBURG – XOFFENXAYM 1:1 (1:1)
21 fevral, 19.30, “Badenova-Shtadion”
Gollar: 1:0 – 25 Xen, 1:1 – 39 Folland.
Frayburg – Burki, Xen, Gyunter, Torrexon, Riter, Shmid, Klaus, Filipp (Mexmedi, 72), Darida, Zorg, Gede (Shaxin, 81).
Xoffenxaym – Baumann, Bichakchich, Abraam, Kim Chjin Su, Bek, Folland, Shvegler (Polyanski, 45), Salixovich (Elyunussi, 90), Firmino, Rudi, Modest (Salai, 85).
Ogohlantirishlar: Filipp (15), Shvegler (23), Kim Chjin Su (31), Salixovich (61), Gede (79).
Chetlatish: Torrexon (90).

PADERBORN – BAVARIYa 0:6 (0:2)
21 fevral, 19.30, “Paragon”
Gollar: 0:1 – 24 Levandovski, 0:2 – 37 Levandovski, 0:3 – 63, penalti Robben, 0:4 – 72 Riberi, 0:5 – 78 Vayzer, 0:6 – 86 Robben.
Paderborn – Kruze, Xyunemayer, Xarters, Lopes (Vranchich, 75), Sigler, Bakaloj (Pepich, 71), Koch, Mexa, Rupp, Xaynlot, Kachunga (Lakich, 59).
Bavariya – Noyer, Bernat (Dante, 78), Badshtuber, Alaba, Boateng, Rafinya (Vayzer, 76), Alonso (Rode, 73), Riberi, Robben, Myuller, Levandovski.
Chetlatish: Xarters (62).

Manba
: www.arena.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.