“RB Leypsig” kiperi o‘tkazib yuborgan 4 ta goli haqida: “Barchasi avtogol”

“RB Leypsig” kiperi o‘tkazib yuborgan 4 ta goli haqida: “Barchasi avtogol”
“RB Leypsig” darvozaboni Peter Gulachi Chempionlar Ligasi ilk turida o‘z maydonida “Shaxtyor”ga yirik hisobda (1:4) imkoniyat boy berilganiga izoh berdi.

Yomon o‘yin ko‘rsatmadik, ammo omad raqibga kulib boqdi. “RB Leypsig” yo‘l qo‘ygan xatolari uchun jazolandi. Bunda murabbiyimizning aybi yo‘q. O‘tkazib yuborilgan to‘rtta golni esa ishonch bilan avtogol deb atash mumkin. Tavakkalga qo‘l urdik, bu uchun jazolandik”, deydi Gulachi.

Eslatib o‘tamiz, nemis klubini 2-turda “Real”ga qarshi safardagi uchrashuv kutmoqda. Madriddagi o‘yin 14 sentabrga belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.