OFK kubogi. "Kuala-Lumpur" "So‘g‘diyona"ning Hududlararo finaldagi raqibiga aylandi

OFK kubogi hududlararo yarim final bosqichidan o‘rin olgan \"Moxun-Bagan\" — \"Kuala-Lumpur\" uchrashuvi yakunlandi.
Murosasiz kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Paulo Joze hisobni ochdi. O‘yin yakunlanish arafasida, aniqrog‘i, 90-daqiqada Molla hisobni tenglashtirib, intrigani qaytardi.
Biroq uning quvonchi 2 daqiqa davom etdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida dastlab Sidde, so‘ngra 90+5 daqiqada Morales raqib darvozasiga to‘p kiritib, malayziyaliklarni keyinga bosqichga olib chiqdi.
\"Moxun-Bagan\" — \"Kuala-Lumpur\" 1:3
Gollar: Paulo Joze, 60 (0:1), Molla, 90 (1:1), Sidde, 90+2 (1:2), Morales, 90+5 (1:3)
Shu tariqa, OFK Kubogi hududlararo finali Jizzaxda, \"So‘g‘diyona\" va \"Kuala-Lumpur\" ishtirokida o‘tkaziladi. Mazkur bahs 5 oktabr kuni boshlanadi. Mazkur juftlik g‘olibi musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Murosasiz kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Paulo Joze hisobni ochdi. O‘yin yakunlanish arafasida, aniqrog‘i, 90-daqiqada Molla hisobni tenglashtirib, intrigani qaytardi.
Biroq uning quvonchi 2 daqiqa davom etdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida dastlab Sidde, so‘ngra 90+5 daqiqada Morales raqib darvozasiga to‘p kiritib, malayziyaliklarni keyinga bosqichga olib chiqdi.
\"Moxun-Bagan\" — \"Kuala-Lumpur\" 1:3
Gollar: Paulo Joze, 60 (0:1), Molla, 90 (1:1), Sidde, 90+2 (1:2), Morales, 90+5 (1:3)
Shu tariqa, OFK Kubogi hududlararo finali Jizzaxda, \"So‘g‘diyona\" va \"Kuala-Lumpur\" ishtirokida o‘tkaziladi. Mazkur bahs 5 oktabr kuni boshlanadi. Mazkur juftlik g‘olibi musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













