«Real» Krishtianu Ronaldu faoliyatini «Santyago Bernabeu»da yakunlashini istaydi


Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini madridliklar safida yakunlashi mumkin. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar bermoqda
Manbada aytilishicha, \"Real\" portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagan.
Krishtianu Ronalduning klub bilan yangi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘sha paytga kelib futbolchi 36 yoshda bo‘ladi va u faoliyatini yakunlash imkoniga ega bo‘ladi.
Avvalroq, o‘yinchining xizmatlariga \"Manchester Yunayted\" hamda \"PSJ” klublari qiziqish bildirishgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













