"Barselona" Suaresning pokeri evaziga "Sporting"ni tor-mor etdi

"Barselona" Suaresning pokeri evaziga "Sporting"ni tor-mor etdi
"Barselona" Suaresning pokeri evaziga "Sporting"ni tor-mor etdi

Ispaniya chempionatining 35-turida “Barselona” Xixonning \"Sporting\" klubini o‘z maydonida 6:0 hisobida tor-mor etdi, deb xabar beriladi \"Kun\"da.

Birinchi golni 12-daqiqada Lionel Messi kiritdi, so‘ngra 63, 74 va 77-daqiqalarda gol urish navbati Suaresga keldi. 85-daqiqada Neymar o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi va nihoyat, Suares 88-daqiqada ham raqib jamoani ranjitib, o‘z hisobiga poker yozib qo‘ydi. Suares 2 ta golini penaltidan kiritdi.

Bu g‘alaba \"Barsa\"ning ketma-ket ikkinchi yirik g‘alabasi bo‘ldi. O‘tgan turda kataloniyaliklar \" Deportivo\"ni 8:0 hisobida yutgandilar. O‘sha o‘yinda ham urugvaylik futbolchi poker amalga oshirgandi. U Messidan keyin \"Barsa\" tarixida bir mavsumda 50 ta to‘p ura olgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Suares, shuningdek, yana bitta tarixiy natijaga erishdi. U Ispaniya primerasi tarixida ketma-ket ikki o‘yinda 4 tadan kam bo‘lmagan gol ura olgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Shu tariqa \"Barsa\" 82 ochko to‘plab, yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 2-o‘rinda

\"Atletiko\" (82 ochko), 3-o‘rinda esa \"Real\" (81 ochko) bormoqda.

Barselona – Sporting Xixon – 6:0

Gollar: Messi, 12 (1:0); Suares, 63 (2:0); Suares, 74 (3:0, pen); Suares, 77 (4:0, pen); Neymar, 85 (5:0, pen); Suares, 88 (6:0).

Chetlatish: Vranesh, 84 (Sporting)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.