Suares — La Liganing qatorasiga ikki o‘yinida poker qayd qilgan ilk futbolchi

Suares — La Liganing qatorasiga ikki o‘yinida poker qayd qilgan ilk futbolchi
Suares — La Liganing qatorasiga ikki o‘yinida poker qayd qilgan ilk futbolchi

“Barselona” jamoasi forvardi Luis Suares “Sporting” Xixonga qarshi (6:0) Ispaniya chempionatining 35-turida to‘rtta gol urdi. Bu haqda \"Stadion.uz\" xabar berdi.

Shu tariqa, urugvaylik futbolchining ushbu mavsumda kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda kiritilgan gollari soni 53 taga etdi. Shu orqali Suares La Liga tarixida qatorasiga ikkita o‘yinda poker qayd qilgan ilk futbolchiga aylandi.

Ispaniya chempionati doirasida Suaresning gollari soni 34 taga etdi. To‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 31 ta gol mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.