Alonsoning avariyasi sabab Barselonadagi “Formula-1” sinov poygalarining tonggi qismi to‘xtatildi

Alonsoning avariyasi sabab Barselonadagi “Formula-1” sinov poygalarining tonggi qismi to‘xtatildi
Alonsoning avariyasi sabab Barselonadagi “Formula-1” sinov poygalarining tonggi qismi to‘xtatildi

“Formula-1” poygalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Fernando Alonso Barselonadagi sinov yurishlari vaqtida avariyaga uchradi, deya xabar bermoqda Autosport.

“Maklaren” jamoasining ispaniyalik poygachisi trassa ochilganidan ikki soat o‘tib rulga o‘tirgan, 20 aylana yurish qilganidan so‘ng yonto‘siqqa borib urilgan.

Avariya ro‘y bergan joyga zudlik bilan shifokorlar etib borishgan, Alonsoni shifoxonaga yuborishgan, avtodromda esa “poygachi o‘zini yaxshi his qilayotgani” haqida e’lon qilishgan.

Alonso tonggi sinov yurishlari vaqtida eng yaxshi beshinchi natijani ko‘rsatgan, eng yaxshi natijani esa uning vatandoshi, “Toro Rosso” jamoasi vakili Karlos Sayns qayd etgan. Avariyadan so‘ng sinov poygalari to‘xtatilgan.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.