Ravshan Eliboyev: Raqib safida jismoniy jihatdan kuchli futzalchilar ko‘p ekan

Ravshan Eliboyev: Raqib safida jismoniy jihatdan kuchli futzalchilar ko‘p ekan
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev Tojikiston bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- \"Tojikiston yaxshi o‘ynadi. Ularga qarshi 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik va bizni yaxshi o‘rganishganligi sezildi. Pley-offga chiqqanimizdan xursandman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etdik va mazkur g‘alabali seriyani davom ettirmoqchimiz. Bahraynning Turkmanistonga qarshi bahsini tomosha qildik. Raqib safida jismoniy jihatdan kuchli futzalchilar ko‘p ekan. Taktikani murabbiy aniqlaydi, biz esa unga amal qilamiz
\", - dedi termamiz posboni.

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.