Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!
Belarus Oliy ligasi 26-turidan o‘rin egallagan \"Energetik-BGU\" – \"Belshina\" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov dastlab 39-daqiqada boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 46-daqiqada ham himoyachi, ham darvozabonni aldagan holda to‘p kiritib, chempionatdagi umumiy gollari sonini 24 taga yetkazib oldi. U to‘purarlar ro‘yxatida eng yaqin ta’qibchisi Xvashinskiy (\"Minsk\")dan 6 ta golga oldinda bormoqda.

Energetik-BGU – Belshina 3:1
Gollar
: 0:1 – 37, avtogol Makavchik, 1:1 – 39 Abdixoliqov, 2:1 – 46 Abdixoliqov, 3:1 – 85 Grishenko.
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (Chul, 86), Silinskiy, Pliyev (Grishenko, 40), Rilach (Turich, 65), Abdixoliqov, Papariga (Omelyanchuk, 88).
Belshina – Kolyadko, Slabashevich (Sokolovskiy, 59), Troyakov, Solanovich, Denisenko, Kuxarchik (Abdulmadjid, 63), Gomza, Vashkevich (Aleksandrovich, 67; Matlax, 85), Rodionov, Isa (Velisevich, 73), Chesnokov.
Ogohlantirishlar: Pashevich (23), Grishenko (45), Svirepa (50), Chesnokov (65), Makavchik (76), Gomza (77), Aleksandrovich (84).
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!
Shunday qilib, \"Energetik-BGU\" \"Shaxtyor\" Soligorskdan 1 ochko kam jamg‘arib, 51 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 24 oktabr kuni Mogilyovning \"Dnepr\" klubiga qarshi kechadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.