UFC 280 turniridan so‘ng Chimayev hamda Nurmagomedov mushtlashib ketdi (video)

UFC 280 turniridan so‘ng Chimayev hamda Nurmagomedov mushtlashib ketdi (video)
UFC jangchilari Abubakar Nurmagamedov hamda Xamzat Chimayev o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda \"Sport-Ekspress\" nashri xabar bermoqda.

UFC 280 turnir markaziy jangida Islom Maxachev Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi. Sportchilarni taqdirlash vaqtida oktagon tashqarisida UFC\'ning yana bir jangchisi Xamzat Chimayev va Abubakar Nurmagamedov o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi va jarayon to‘satdan mushtlashuvga aylanib ketdi. Shundan so‘ng xavfsizlik xizmati sportchilarni ajratdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.