La Liga. "Barselona" "Atletik"ni "yanchib" tashladi (video)

La Liga. "Barselona" "Atletik"ni "yanchib" tashladi (video)
Ispaniya La Ligasi 11-turi doirasidagi \"Barselona\" - \"Atletik\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda kataloniyaliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollar Usmon Dembele, Serj Roberto, Robert Levandovski va Ferran Torreslar hisobiga yozildi. Mazkur g‘alabadan keyin \"Barselona\" hisobidagi ochkolar soni 28 taga yetdi va 2-o‘ringa mustahkam joylashib oldi. \"Atletik\" esa 18 ochko bilan 6-pog‘onani band etdi.

\"Barselona\" – \"Atletik\" 4:0
Gollar
: 1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 18 Serdji Roberto, 3:0 – 22 Levandovski, 4:0 – 73 Ferran Torres.
\"Barselona\" – ter Stegen, Serdji Roberto, Kunde (Alonso, 63), Erik Garsiya, Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Ferran Torres, 63), Gavi (Kessie, 34), Levandovski (Fati, 63), Dembele (Torre, 77).
\"Atletik\" – Unai Simon, De Markos (Lekue, 60), Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Errera (Dani Garsiya, 21; Sanset, 60), Vesga, Sarraga (Vensedor, 70), Uilyams (Raul Garsiya, 70), Berenger, Uilyams.
Ogohlantirishlar: De Markos (16), Xavi (28), Buskets (71), Erik Garsiya (78).

Quyida La Liga 11-turi doirasidagi \"Barselona\" - \"Atletik\" uchrashuvi videosharhini tomosha qiling.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.