Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalar soni 9 taga yetdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turi doirasidagi qator uchrashuvlar 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.
E guruhida «Zalsburg»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Chelsi» muddatidan avval birinchi o‘rinni olib, guruhdan chiqdi.
O‘tgan turda pley-off masalasini hal qilgan «Manchester Siti» mazkur turda birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi. G guruhining yana bir vakili «Borussiya D» esa ikkinchi yo‘llanma egasiga aylandi.
H guruhida «PSJ» va «Benfika» guruhdan chiqishni uddaladi. «Yuventus» esa 2013/14 yilgi mavsumdan beri ilk bor YECHL pley-offiga yo‘l ololmadi.
Shu tariqa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoalar soni 9 taga yetdi. Avvalroq «Napoli», «Real», «Bavariya» va «Bryugge» guruh masalasini muvaffaqiyatli hal qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!E guruhida «Zalsburg»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Chelsi» muddatidan avval birinchi o‘rinni olib, guruhdan chiqdi.
O‘tgan turda pley-off masalasini hal qilgan «Manchester Siti» mazkur turda birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi. G guruhining yana bir vakili «Borussiya D» esa ikkinchi yo‘llanma egasiga aylandi.
H guruhida «PSJ» va «Benfika» guruhdan chiqishni uddaladi. «Yuventus» esa 2013/14 yilgi mavsumdan beri ilk bor YECHL pley-offiga yo‘l ololmadi.
Shu tariqa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoalar soni 9 taga yetdi. Avvalroq «Napoli», «Real», «Bavariya» va «Bryugge» guruh masalasini muvaffaqiyatli hal qilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













