YECHL. «Liverpul», «Inter» va «Portu» pley-offda, «Atletiko» va «Barselona» guruhdan chiqa olmadi

YECHL. «Liverpul», «Inter» va «Portu» pley-offda, «Atletiko» va «Barselona» guruhdan chiqa olmadi
Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 26 oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

A guruhida «Napoli» (15) 5-o‘yinda ham g‘alaba qozondi. «Liverpul» (12) Amsterdamda «Ayaks»ni (3) yirik hisobda yengib, pley-offga yo‘l oldi.

V guruhida «Atletiko» (5) dramatik o‘yinda o‘z uyida «Bayer»ni (4) mag‘lub etolmadi va 1/8 finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Madridliklar 90+9-daqiqada penaltidan foydalana olishmadi. Bu durang «Bryugge»ni (10) tor-mor etgan «Portu»ni (9) keyingi bosqichga olib chiqdi.

S guruhida «Bavariya» (15) Yevropa Ligasiga ravona bo‘lgan «Barselona»ni (4) qatorasiga 6-o‘yinda mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘rin bilan guruhdan chiqdi. «Inter» (10) «Viktoriya»ni (0) tor-mor etib, 2-o‘rinni egalladi.

D guruhida «Tottenhem» (8) «Sporting» (7) bilan bahsda g‘alaba qozona olmadi, Keynning 90+6-daqiqadagi goli bekor qilindm. «Ayntraxt» (7) esa «Marsel»dan (6) ustun keldi. Natijada so‘nggi tur oldidan barcha jamoada imkoniyat qoldi.

A guruhi
Ayaks — Liverpul 0:3
Gollar
: Saloh (42), Nunes (49), Elliott (52).
Ayaks – Pasveyer, Sanches, Bassi, Timber, Blind (Veyndal, 58), Klassen (Quddus, 58), Alvares (Grillich, 85), Tadich, Bergeys (Konseysau, 85), Bergveyn, Brobbi (Taylor, 63).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson (Simikas, 87), Elliott (Karvalyu, 71), Henderson (Milner, 71), Fabino (Baychetich, 71), Firmino, Saloh, Nunes (Jons, 63).

Napoli — Reynjers 3:0
Gollar
: Simeone (11, 16), Estigor (80).
Napoli – Meret, Di Lorenso (Dzanoli, 86), Estigor, Kim, Ruy, Lobotka (Zelinski, 83), Elmaz (Gaetano, 73), Ndombele, Politano (Losano, 73), Simeone, Raspadori (Dzerbin, 83).
Reynjers – Makgregor, Taverne, Devis, King (Barishich, 76), Yilmaz, Landstrem, Rayt (Sakala, 46), Sends, Morelos (Cholak, 68), Kent, Tillman (Arfild, 67).

V guruhi
Atletiko — Bayer 2:2
Gollar
: Karrasko (22), de Paul (50) — Diabi (9), Hadson-Odoi (29).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Karrasko (90+9).
Atletiko – Oblak, Molina, Ximenes (Felish, 87), Ermoso (Saul, 46), Reynildu, Karrasko, Kondogbia, Vitsel, Korrea (de Paul, 46), Grizmann, Morata (Kunya, 61).
Bayer – Gradetski, Frimpong, Tapsoba (Ta, 61), Kossunu, Inkapie, Bakker, Andrix, Amiri, Hadson-Odoi (Adli, 61), Diabi (Paulino, 77), Glojek (Fosu-Mensa, 89).

Bryugge — Portu 0:4
Gollar
: Torimiy (33, 70), Evanilson (57), Eushtakiu (60).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Lang (51).
Bryugge – Minole, Odoi (Meyer, 71), Mexele, Silla (Boyata, 71), Vanaken, Nilsen (Audor, 80), Nvadike (Balanta, 81), Byukenen, Lang, Olsen (Nusa, 71), Yutgla.
Portu – D.Koshta, Kardozu, Karmu, Sanusi (Vendell, 77), Uribe, Otavio, Eushtakiu (B.Koshta, 77), Pepe (Toni, 88), Torimiy, Galeno (Veron, 77), Evanilson (Konseysau, 88).

S guruhi
Barselona — Bavariya 0:3
Gollar
: Mane (10), Shupo-Moting (31), Pavar (90+5).
Barselona – ter Stegen, Belerin, Alonso, Kunde (Garsiya, 68), Balde, Buskets (Torres, 58), Kessie, de Yong, Pedri (Rafinya, 59), Levandovski (Torre, 82), Dembele (Fati, 68).
Bavariya – Ulrayx, Mazraui (Stanishich, 79), Upamekano (Pavar, 63), de Ligt, Devis, Goretska (Zabitser, 46), Kimmix, Shupo-Moting (Myuller, 63), Mane, Gnabri, Musiala (Gravenberx, 67).

Inter — Viktoriya Plzen 4:0
Gollar
: Mxitaryan (35), Jeko (42, 66), Lukaku (87).
Inter – Onana, Dumfris, Acherbi, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 77), Mxitaryan (Galyardini, 83), Chalxono‘g‘li (Aslani, 71), Barella, Jeko (Korrea, 71), Martines (Lukaku, 83).
Viktoriya Plzen – Stanek, Gavel, Geyda, Pernitsa, Tijani (Yemelka, 52), Moskera, Vlkanova (Pilarj, 84), Kalvax (Ndiay, 70), Yirka (Golik, 46), Buxa, Bassi (Xori, 46).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.