Rossiya klubi oʻzbekistonlik futbolchi transferini e'lon qildi (foto)

Rossiya klubi oʻzbekistonlik futbolchi transferini e'lon qildi (foto)
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi va \"Bunyodkor\" klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Rossiyaning \"Rubin\" klubi uning transferini e'lon qildi. \"Rahmonaliev \"Rubin\" safiga kelib qoʻshildi. U avgustda jamoamiz bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Uning \"Bunyodkor\" bilan amaldagi kelishuvi 31 dekabrda nihoyasiga etadi. Qozonga xush kelibsan, Umar!\", deyiladi jamoa xabarida.

Ma'lumot uchun, 19 yoshli yarim himoyachi \"qaldirgʻochlar\" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Rossiya klubi oʻzbekistonlik futbolchi transferini e'lon qildi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.