Ronaldu: Mundial finalida Messiga qarshi o‘ynash xomxayol...

Ronaldu: Mundial finalida Messiga qarshi o‘ynash xomxayol...
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati va finalda Portugaliya Messi boshchiligidagi Argentina bilan kuch sinashishi mumkinligi haqidagi taxminga munosabat bildirdi.

- O‘ylashimcha, Qatar jahon chempionatinii yuqori saviyada o‘tkazishga tayyor. Tabiiyki, mavsum o‘rtasida mundialda o‘ynash biroz g‘alati tuyuladi. Lekin bu ham o‘ziga xos yangi chaqiriq. Buning yana bir yaxshi tomoni – men hozir o‘zimni quvvatga to‘la his qilyapman.

Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash qanday bo‘lishini so‘rayapsizmi. Bu shunchaki yaxshi fantaziya
, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Qatardagi jahon chempionati har ikki yulduz uchun ham faoliyatidagi oxirgisi hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.