Boks. 6 nafar vakilimiz jahon chempionatining yarim finaliga yo‘llanma oldi

Boks. 6 nafar vakilimiz jahon chempionatining yarim finaliga yo‘llanma oldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi vakillari Ispaniyada davom etayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ortda qolgan kun dasturida 9 nafar vakilimiz chorak final bosqichida ringga ko‘tarilib, ularning 6 nafari yarim final yo‘llanmasi bilan birga musobaqa medalini naqd qildi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarda quyidagi natijalar qayd etilgan:

-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva - Yi-Xuan Guo (Xitoy Taipeyi)
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Krisovalanu Kutsokristu (Germaniya)
-63 kg: Sitora Bahodirova - Magali Errera (Argentina)
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Sheyn Rayyan (Irlandiya)
-67 kg: Javohir Ummataliyev - Ares Xakobyan (Armaniston)
-70 kg: Aziza Zokirova - Gauxar Shaibekova (Qozog‘iston)
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Yelena Pepek (Polsha)
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev - Alik Ovanisyan (Armaniston)
-92 kg: Aynazar Kenesbayev - Muhammad Holid (Misr)
Ma’lumot uchun, jahon chempionatining yarim final janglari ertaga o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.